11:00 / 03.07.2024
155

Eron “Hizbulloh”ni Isroildan har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini aytdi

Eron “Hizbulloh”ni Isroildan har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini aytdi
Foto: Reuters
Isroil Livanga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan taqdirda Eron Livan “Hizbulloh”ini barcha vositalar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eron oliy rahnamosining maslahatchisi Kamol Xaroziy ma’lum qildi.

"Butun Livan xalqi, arab davlatlari va qarshilik ko‘rsatish a’zolari Livanni Isroilga qarshi qo‘llab-quvvatlaydi. Urush butun mintaqaga tarqalib, barcha davlatlar, jumladan Eron ham ishtirok etishi mumkin. Bunday vaziyatda “Hizbulloh”ni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan boshqa ilojimiz qolmagan bo‘lardi", — dedi Kamol Xaroziy Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.

Biroq u urushni kengaytirish Eron manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini qo‘shimcha qilgan.

18 iyun kuni Isroil mudofaa kuchlari Livan “Hizbulloh”ining davom etayotgan hujumlari tufayli Livanga hujum qilish uchun jangovar rejani tasdiqlaganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng rasmiylar Isroil shimolidagi hududlarga hujumlarni to‘xtatuvchi qaror qabul qilishga va’da bergan.

Shuningdek, “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh G‘azodagi urush falastinliklar foydasiga yakunlanmasa, Isroil bilan keng ko‘lamli harbiy harakatlarga ruxsat bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron “Hizbulloh”ni Isroildan har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini aytdi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru