Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden debatdan keyingi birinchi intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ikki marta tilga oldi. Shu bilan birga u biror marta ham Rossiya haqida gapirmagan.
ABC jurnalisti AQSH prezidentidan u kognitiv testdan o‘tganmi yoki yo‘qmi deb bir necha marta so‘radi. Baydenning aytishicha, u Oq uyda ishlagan har kuni shunday sinovdir. Boshqa narsalar qatorida, Bayden NATOni kengaytirish masalalari ustida ishlayotganini, shuningdek, Putin bilan bog‘liq masalalarni “hal qilishga” urinayotganini ta’kidladi.
Bayden ikkinchi marta Putinni yana to‘rt yil samarali ishlashi mumkinmi degan savolga javob berganida tilga oldi. “Men NATOni birlashtirgan odamman... Uni kengaytira olishimga hech kim ishonmagan. Men Putinni to‘xtatgan odamman. Hech kim bunday bo‘lishini taxmin ham qilmagandi”, dedi AQSH prezidenti.
Jo Bayden, shuningdek, AUKUS bo‘yicha ish haqida gapirib, bu tufayli 50 mamlakat Ukrainaga yordam berganini, bunda o‘zining ham hissasi borligini ta’kidladi. “Hamma yutuqlarga bir o‘zim erishganman deb aytmayman. Mening ajoyib xodimlarim bor”, deya qo‘shimcha qildi u.
Suhbat chog‘ida Jo Bayden Donald Tramp bilan bo‘lgan munozaradagi holat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va buni “yomon epizod” deb atadi. U bu hodisani shamollab qolgani va sog‘lig‘ining yomonligi bilan izohladi. Shunga qaramay, prezident prezidentlik poygasidan chiqish niyatida emasligini ham qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi