14:11 / 07.07.2024
326

Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda

Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda
Foto: ria.ru
Rossiya Federatsiyasi aholisi shitob bilan qisqarishda davom etmoqda. 2024 yilning boshidan buyon rossiyaliklarning soni 177,9 ming kishiga qisqargan — Bu Yujno-Saxalinsk yoki Odinsovo kabi kichik shaharlar aholisi soni bilan teng.

Ma’lumotlar Rosstatning ijtimoiy-iqtisodiy holat to‘g‘risidagi hisobotida aks etgan.

Kamayishlar soni o‘tgan yilning yanvar–aprel oyidagi ko‘rsatkichlarlan 1,5 barobar ko‘proq. O‘shanda Rossiyaning doimi aholisi soni 98,4 mingga (yoki 0,07 foizga) kamaygan edi. Rosstatga ko‘ra, Rossiyada ayni paytda roppa-rosa 146 mln kishi istiqomat qiladi.

O‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan 1,6 barobar ko‘proq bo‘lgan (bir yil avval bu ko‘rsatkich 1,5 barobar edi). 2024 yilning yanvar–aprel oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 ming chaqaloq kamroq tug‘ilgan — 396,5 ming, lekin o‘lganlar soni bir yil avvalgiga nisbatan 27 mingga ko‘proq bo‘lgan (to‘rt oy ichida 622,7 ming kishi o‘lgan).

Yanvar–aprel oylarida rossiyaliklar bir yil avvalgiga nisbatan 9,6 mingga kamroq nikoh qayd etishgan (mos ravishda 210,2 va 219,8 ming), ammo ajralishlar bo‘yicha pasayish bu qadar yaqqol emas — 213 va 210 ming. Ajralishlar soni bo‘yicha anomal yuqori ko‘rsatkichlar Shimoliy Kavkazda, ayniqsa Dog‘iston, Checheniston va Shimoliy Osetiyada qayd etilmoqda. Bu yerda ajralishlar soni nikohlar soniga nisbatan 2–3 barobar yuqoriroq.

Shuningdek, Rossiyaga xorijliklarning kelishi ham kamaygan. Yil boshidan buyon Rossiyaga migratsion rqim 57 ming kishiga qisqargan (1 mln 157 mingdan 1 mln 93 minggacha), biroq, odamlarning chiqish ketishi o‘sha darajada qolgan (mos ravishda 1 mln 45 ming va 1 mln 47 ming). Ozarboyjon, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kirib kelayotganlar soni qisqargan, biroq Hindiston, Xitoy, KXDRdan kelayotganlar sonida ko‘payish kuzatilgan. Yilning dastlabki 4 oyida eng ko‘p xorijliklar Rossiyaga Tojikistondan kirib kelgan — 43 ming kishi. Biroq shu ham o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 16 ming kishiga kamroq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada aholining tabiiy kamayishi ortib bormoqda
ePN