14:16 / 07.07.2024
318

HAMAS asosiy talabidan voz kechib, Isroil bilan sulh tuzishga rozi bo‘ldi

HAMAS asosiy talabidan voz kechib, Isroil bilan sulh tuzishga rozi bo‘ldi
Foto: Britannica
HAMAS va Misr vakillari AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif etilgan G‘azo sektorida bosqichma-bosqich o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni dastlabki ma’qullaganini e’lon qildi.

"Vashington formulasi bo‘yicha bosqichma-bosqich kelishuv olti haftaga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi, bu bir necha garovga olinganlarni, jumladan, ayollar, qariyalar va yaradorlarni, bir necha yuzlab hibsdagi falastinlikni ozod qilish imkonini beradi", — deydi nashr manbalari.

Bundan tashqari, birinchi bosqichda Isroil armiyasi G‘azoning aholi zich joylashgan hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqib ketishlari, shuningdek, janubga ko‘chirilganlarning uylariga qaytishiga ruxsat berishi kerak bo‘ladi. Aniqlik kiritilishicha, kelishuvning birinchi bosqichini amalga oshirish mumkin bo‘ladi, chunki HAMAS Isroil armiyasini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish talablaridan voz kechgan.

HAMAS va Isroil vakillari kelishuvning ikkinchi bosqichi shartlari bo‘yicha muzokaralarni olti haftalik muddatda davom ettirishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS asosiy talabidan voz kechib, Isroil bilan sulh tuzishga rozi bo‘ldi
ePN