20:30 / 07.07.2024
142

Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Foto: Armaniston Mudofaa vazirligi
Armanistonda 15-24 iyul kunlari arman-amerika qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Eagle Partner-2024 mashg‘ulotlari xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida bo‘lib o‘tadi.

"Mashqlarda Armaniston Qurolli kuchlari tinchlikparvar brigadasi, Yevropa va Afrikadagi AQSH armiyasining harbiy xizmatchilari, Kanzas milliy gvardiyasi ishtirok etadi", deyiladi xabarda.

O‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi xalqaro tinchlikparvarlik missiyalarida ishtirok etuvchi bo‘linmalarning muvofiqlashuv darajasini, arman bo‘linmasining jangovar tayyorgarligini oshirish, boshqaruv va taktik kommunikatsiya sohasida ilg‘or tajriba almashishdir.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Armaniston NATO sammitida ishtirok etish taklifini qabul qilgandi.

Armaniston va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti munosabatlari

2023 yil yanvar oyida Armanistonda KXSHT mashg‘ulotlari bekor qilingan. Shundan so‘ng ular Qirg‘izistonda amalga oshirilgan. O‘tgan yilning noyabr oyida Minskda tashkilotning sammiti bo‘lib o‘tgan, unda arman vakillaridan hech biri ishtirok etmagan. Bosh kotib Imangali Tasmagambetov Armaniston tashkilotdan chiqish niyatida emasligini aytgan.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHTdan chiqish haqida gap yo‘qligiga ishontirgan, biroq u mamlakat yangi hamkorlar izlayotganini ham ta’kidlagan. 22 fevral kuni Pashinyan o‘z mamlakatining KXSHTdagi ishtiroki muzlatilganini e’lon qildi. Shu yilning iyun oyida Armaniston tashkilotdan chiqishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
ePN