21:23 / 07.07.2024
877

Ruminiya Rossiya hujumi tufayli F-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi

Ruminiya Rossiya hujumi tufayli F-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi
Foto: Getty Images
Rossiya qo‘shinlari Ukraina janubini o‘qqa tutishi ortidan Ruminiya Tulcha okrugida F-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi. Bu haqda Ruminiya milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya dronlari Ruminiya chegarasi yaqinidagi Ukraina hududi tomon uchgan. Holat yuzasidan Ruminiya Milliy mudofaa vazirligi havo politsiyasi xizmatini ogohlantirgan. Shuningdek, vaziyatni kuzatish uchun ikkita F-16 samolyoti 86-Borcea aviabazasidan olib chiqilgan.

Hokimiyat tomonidan berilgan trevoga xabariga asoslanib, Mudofaa vazirligi ertalab soat 07:30 atrofida Vulturul, Mahmud va Milyash aholi punktlari hududida qulab tushgan predmetlar mavjud bo‘lgan taqdirda qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida buyruq chiqargan, deyiladi xabarda.

Biroq, vazirlikning ta’kidlashicha, voqea joyiga yuborilgan jamoalar hech qanday shubhali holatni aniqlamagan.

Qidiruvlar kun davomida olib boriladi, deya qo‘shimcha qildi Ruminiya Mudofaa vazirligi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiya Rossiya hujumi tufayli F-16 qiruvchilarini havoga ko‘tardi
ePN