19:02 / 11.07.2024
101

AQSHda jazirama tufayli 28 kishi halok bo‘ldi

AQSHda jazirama tufayli 28 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP
AQSHda jazirama issiq oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishiga yetdi, eng ko‘p o‘lim Kaliforniyada qayd etilgan. Bu haqda mahalliy rasmiylar va tibbiyot xodimlariga tayanib The Washington Post xabar berdi.

Avvalroq Oregon shtati ma’muriyati anomal jazirama tufayli kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani, shu sababli mintaqada favqulodda holat e’lon qilingani haqida xabar bergan edi. 10 iyul kuni nashr Vashingtonning Merilend va Virjiniya shtatlarida issiqlik bilan bog‘liq yana beshta o‘lim holati qayd etilganini xabar qilgan. Bir kishining o‘limi Kaliforniyadagi O‘lim vodiysida ham qayd etilgan.

So‘nggi kunlarda Qo‘shma Shtatlarning katta hududlarini qamrab olgan jazirama issiq bir hafta ichida kamida 28 kishining hayotiga zomin bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Kaliforniyada bosh tibbiy ekspert Mishel Jorden idorasi jazirama issiq bilan bog‘liq 14 ta o‘lim holatini tekshirmoqda. Jorden, shuningdek, qurbonlar sonini yanada aniqlashtirish uchun kunlar yoki haftalar ketishi mumkinligini aytgan.

Oregon shtati tibbiy ekspertiza idorasi jazirama issiqdan vafot etgan deb taxmin qilingan o‘n nafar qurbonni ma’lum qilgan”, deb yozadi Washington Post.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda jazirama tufayli 28 kishi halok bo‘ldi