22:38 / 11.07.2024
65

Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lganlar ustidan nazorat o‘rnatiladi

Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lganlar ustidan nazorat o‘rnatiladi
Foto: swissinfo.ch
Ijtimoiy tarmoqlarda har kunlik auditoriyasi soni 1 ming kishidan oshgan rossiyaliklar endi o‘zlari haqida ma’lumotlarni Roskomnadzorga berishga majbur bo‘lishadi. Tegishli taklif ayni paytda idorada ishlab chiqilmoqda.

«Tashabbusga ko‘ra, bunday foydalanuvchi Roskomnadzorga familiyasi, ismi va otasining ismi, yuridik muhim ma’lumotlarni o‘z vaqtida qabul qilib olishi uchun kontakt ma’lumotlarini taqdim etishga majbur bo‘ladi. Bunda odam idoradan ro‘yxatdan o‘tmaydi, nazorat organini akkaunt egasi axborot tarqatish bilan shug‘ullanayotganidan boxabar qiladi», — deya Roskomnadzorning tushuntirishini keltirmoqda TASS.

Bu holatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida o‘z sahifasini begona kishilar tomonidan ko‘rilishini berkitish, o‘zi haqida axborotlarni olishni cheklash imkoniyati saqlanib qoladi, demoqda idoradagilar.

Tashabbusga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga foydalanuvchilari o‘zlari haqida ma’lumotlar taqdim etmagan ochiq sahifalarda reklama joylashtirish taqiqlash ham nazarda tutilgan.

Yangi talabni Roskomnadzordagilar amalda bo‘lib turgan «Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, OAV ishtirokisiz tarqatilayotgan axborot uning egasi yoki tarqatuvchi haqida uni identifikatsiya qilish uchun yetarli haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozimligi bilan tushuntirilgan. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarga ham tegishli.

Idoradagilarga ko‘ra, hozirgi vaqtda «yovuz niyatli kishilar» egasi noma’lum sim-kartalardan foydalanib, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda feyk sahifalar ochmoqda, so‘ngra «feyklar, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, bolalarni qonunga xilof ishlarga jalb etuvchi axborotlar va boshqa taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatuvchi hamjamiyatlar yaratishmoqda».

«Bugun onlayn platformalar ko‘p hollarda rossiyaliklar uchun OAV vazifasini bajarmoqda. Kontent tarqatuvchilarning anonimligi xavfli: ekstremistik mazmundagi xabarlar yorilgan bomba effektini namoyon qilishi mumkin. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot — nafaqat alohida bir shaxsga, butun bir davlatning xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin», — degan Roskomnadzordagilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lganlar ustidan nazorat o‘rnatiladi