12:26 / 13.07.2024
185

Xonanda Teylor Svift muxlislari konsertda zilzila keltirib chiqardi

Xonanda Teylor Svift muxlislari konsertda zilzila keltirib chiqardi
Amerikalik mashhur xonanda Teylor Sviftning The Eras Tour nomli gastrol konsertining navbatdagi qismi Shveysariyada o‘tkazildi. Letzigrund stadionida tashkil etilgan konsertga 50 mingdan ortiq odam to‘plandi va sun’iy zilzila yuzaga keltirdi.

Foto: Newsweek
Mashhur yulduzning shousida muxlislar bir vaqtda sakrashi va raqsga tushishi seysmik tebranishlarni keltirib chiqardi. Teylor Sviftning muxlislari Shveysariyaning Syurix shahrida seysmik faollik yuzaga keltirishi birinchi holat emas. Avvalroq xonanda Britaniyada bergan konsertida ham shunday holat kuzatilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan konsertda fanatlarning sinxron sakrashi seysmik tebranishlarga sabab bo‘lgan. Zilzila to‘lqinlari stadiondan olti kilometrgacha bo‘lgan masofada seysmometr orqali aniqlangan.

Foto: Newsweek
Ko‘pchilik birgalikda ritmik harakat qilganda hosil bo‘lgan energiya uyg‘unlikdagi tebranishlar ko‘rinishida yerga tushadi, shu sababli ushbu energiya yaqin atrofdagi seysmometrlar tomonidan aniqlanishi mumkin”, deya tushuntirdi mutaxassislar.

Zilzilaning eng yuqori ko‘rsatkichi soat 19:00 da kuzatildi. Aynan o‘sha vaqtda xonanda sahnaga chiqqan va muxlislar yulduzni o‘zgacha hayajon bilan kutib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda Teylor Svift muxlislari konsertda zilzila keltirib chiqardi