14:53 / 14.07.2024
288

Ukraina Mudofaa vazirligi: Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi

Ukraina Mudofaa vazirligi: Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi
Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov ma’lum qildi.

Suiqasd urinishlari amalga oshirildi, lekin, ko‘rib turganingizdek, ular hozircha muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, deydi u.
Ukraina razvedkasi rahbari gap qaysi holatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar Putinni yo‘qotishdan qo‘rqishadi, chunki u ularning “hayotiy barqarorligining kafolati” hisoblanadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Putinning xavfsizligi “tegishli darajada ta’minlanganini” aytgan.

2022 yil may oyida Budanov “Ukrainskaya Pravda” nashriga bergan intervyusida taxminan ikki oy oldin “Kavkaz vakillari” Putinning hayotiga suiqasd qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va oshkor etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Mudofaa vazirligi: Putinga suiqasd uyushtirishga urinishlar bo‘ldi