21:58 / 15.07.2024
216

Transafg‘on yo‘lagi loyihasi ishtirokchilari qanday qiyinchiliklarga duch keladi?

Transafg‘on yo‘lagi loyihasi ishtirokchilari qanday qiyinchiliklarga duch keladi?
Foto: aiatt.tj
Yevrosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘l tarmoqlarini bog‘laydigan Transafg‘on koridorini qurish istiqbollarini baholadi.

Loyihaning rejalashtirilgan qiymati 4,8 milliard dollarni tashkil etadi.

Malumotlarga ko‘ra, temir yo‘l liniyasi Termiz—Mozori Sharif—Logar—Xarlachi—Torxam yo‘nalishi bo‘ylab davom etib, Peshovar va Rohri orqali Karachi portiga chiqadi.

Mozori Sharifdan Torxamgacha bo‘lgan yangi uchastkalarning uzunligi qariyb 760 kilometrni tashkil qiladi. Loyiha — Toshkent, Kobul va Islomobod yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki bosqichda.

ETB tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Transafg‘on yo‘lagi loyihasini amalga oshirishda duch keladigan asosiy qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:

- Afg‘onistonning tog‘li relefi;
- Afg‘oniston-Pokiston hamkorligining hal etilmagan muammolari;
- o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun Pokiston temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish zarurati.

Bundan tashqari, yana bir qator murakkabliklar mavjud, xususan:

Afg‘oniston turli qurolli guruhlar faolligi bilan beqaror mintaqa bo‘lgani sababli, bu transport va infratuzilma loyihalari xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni qiyinlashtirish ehtimoli mavjud.

Bunday qiyinchiliklarga qaramay, mutaxassislar Transafg‘on yo‘lagi O‘zbekiston uchun mintaqaviy integratsiya va iqtisodiy rivojlanishni sezilarli darajada yaxshilash salohiyatiga ega bo‘lgan muhim strategik tashabbus ekanini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Transafg‘on yo‘lagi loyihasi ishtirokchilari qanday qiyinchiliklarga duch keladi?