12:33 / 16.07.2024
103

Suriya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashish shartini aytdi

Suriya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashish shartini aytdi
Foto: Enab Baladi
Suriya prezidenti Bashar Asad turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Suriya milliy manfaatlariga mos keladigan uchrashuvga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda SANA xabar berdi.

Agar uchrashuv mamlakat manfaatlariga javob bersa, men uni o‘tkazaman”, — dedi Asad.

U shu tariqa jurnalistlarning Turkiya prezidenti bilan uchrashish imkoniyati haqidagi savoliga javob berdi. Suriya prezidenti masala uchrashuv mazmunida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rasmiylaridan hech biri nega 13 yil oldin Damashq va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar “izdan chiqib ketganini” aytmagan.

Asad, shuningdek, Suriya va Turkiya rasmiylari o‘rtasidagi uchrashuvlar to‘xtamaganini, u davom etayotganini aytdi.

Ayrim vositachilar tomonidan xavfsizlik organlari darajasida uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilmoqda... Uchrashuv bo‘lganda e’lon qilamiz. Hech qanday sir yo‘q”, — dedi siyosatchi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan hamkasblari bilan ikki davlat munosabatlarini normallashtirish, Turkiya va Suriya yetakchilarining muzokaralarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzmoqda. Erdo‘g‘onning aytishicha, Fidan uning Asad bilan uchrashuvini, ehtimol, uchinchi mamlakatda tashkil etadi. Suriya TIV bunga javoban davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi 2011 yilgacha bo‘lgan holatga qaytishga asoslanishi kerakligini ta’kidlagan. Turkiya prezidenti uning mamlakati Suriya ichki ishlariga aralashishni maqsad qilmayotganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashish shartini aytdi