13:08 / 16.07.2024
23

Tailand O‘zbekiston fuqarolariga 15 iyuldan vizasiz tartibni joriy qildi

Tailand O‘zbekiston fuqarolariga 15 iyuldan vizasiz tartibni joriy qildi
Tailand hukumati 2024 yil 15 iyuldan boshlab O‘zbekiston va yana 92 davlat fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish tartibini rasman joriy qildi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga ko‘payadi, 36 ta yangi davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritildi.

Qayd etilishicha, ushbu rejimni joriy etish Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rag‘batlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etilgan bo‘lib, kelajakda bekor qilinishi mumkin. Tailand TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

29 may kuni Tailand ommaviy axborot vositalarida mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirish maqsadida hukumat viza qoidalarini yumshatishni o‘z ichiga olgan iqtisodiy rag‘batlantirish rejasini e’lon qilgani to‘g‘risida axborot tarqatilgandi. O‘shanda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonov viza rejimining uzaytirilishi to‘g‘risida hozircha rasman hech qanday ma’lumot e’lon qilinmaganini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda o‘zbekistonliklar uchun Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirilgandi.

2024 yil 15 iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganda 60 dollar evaziga 15 kunlik turistik viza olishi mumkin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand O‘zbekiston fuqarolariga 15 iyuldan vizasiz tartibni joriy qildi