00:01 / 17.07.2024
13

Afg‘oniston sharqida kuchli yomg‘ir oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqida kuchli yomg‘ir oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi
Foto: Google Images
“Tolibon” rasmiylariga ko‘ra, Afg‘oniston sharqida kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 350 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharafat Zamon Amar dushanba kungi 40 kishi halok bo‘lganini va 347 nafar inson jarohatlanganini tasdiqladi. Jarohatlanganlar Nangarhor viloyati markazi Jalolobod va unga yaqin tumanlardan mintaqaviy shifoxonaga olib kelingan.

Viloyat matbuot kotibi Sodiqulloh Qurayshiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘lganlar orasida bir oilaning besh a’zosi ham bor, ular uyning tomi qulashi oqibatida halok bo‘lgan. Yana to‘rt oila a’zosi yaralangan.

Nangarhor viloyati bo‘ylab 400 ga yaqin uy va 60 ta elektr ustuni vayron bo‘lgan, dedi Qurayshiy. Ko‘p hududlarda elektr energiyasi uzilgan, Jalolobod shahrida esa aloqa cheklangan, dedi u. Qurayshiyning aytishicha, yetkazilgan zarar hali ham baholanmoqda.

43 yoshli Abdul Valining aytishicha, kuchli shamol ko‘plab vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan.

Shamol shunchalik kuchli ediki, hamma narsani havoga uchirdi. Shundan so‘ng kuchli yomg‘ir yog‘di”, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 yoshli qizi yengil jarohatlar olgan.

Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida kuchli yomg‘ir Bag‘lon viloyatidagi 300 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi va minglab uylarni vayron qildi.

“Tolibon”ning rasmiy axborot agentligi “Baxtar”ning xabar berishicha, seshanba kuni ertalab Bag‘lon viloyati shimolidagi Kobul va Balxni bog‘lovchi asosiy trassada avtobus ag‘darilishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan va 34 kishi jarohatlangan.

Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, biroq mamlakatdagi bunday hodisalarga ko‘pincha yomon yo‘l sharoiti va ehtiyotsizlik sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston sharqida kuchli yomg‘ir oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi