14:25 / 17.07.2024
55

Trampga suiqasd: Maxfiy xizmat rahbari ko‘rsatma berish uchun chaqiriladi

Trampga suiqasd: Maxfiy xizmat rahbari ko‘rsatma berish uchun chaqiriladi
Foto: Ap Photo
AQSH maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun Kongressga chaqiriladi. Agentlik rahbariga tegishli chaqiruv qog‘ozi yuboriladi. Bu haqda Axios xabar berdi.

Garchi Maxfiy xizmat rahbari Chitlning 22 iyul kuni qo‘mita majlisida ishtirok etishi kutilayotgani tasdiqlagan bo‘lsa-da, nutq so‘zlashdan bosh tortishga har qanday urinishning oldini olish uchun rais unga chaqiruv qog‘ozi yuboradi. Chitl Kongress va Amerika xalqi oldida uning ushbu lavozimda bo‘lgan davrida sodir bo‘lgan tarixiy muvaffaqiyatsizlik uchun javob berishi kerak”, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Qo‘mita AQSH Maxfiy xizmati faoliyati ustidan uzoq yillik nazorat tarixiga egaligi va so‘nggi paytlarda namoyon bo‘lgan noprofessionallikni qabul qilmasligi ta’kidlangan.

Donald Trampga suiqasd

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 14 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi saylovoldi mitingi paytida yaralangan edi. Hodisa aks etgan videoda uning chiqishi chog‘ida o‘q ovoziga o‘xshash tovushlar eshitilgan. Shundan so‘ng Tramp qulog‘ini ushlab yotib olgan. Qo‘riqchilar shu zahoti Trampni o‘rab olgan. Prezidentlikka nomzod o‘rnidan turganida qulog‘idan qon oqayotganini ko‘rish mumkin. Maxsus xizmat agentlari uni qurshab olib, o‘rnidan turishiga yordam bergan va sahnadan olib ketgan.

Bu hodisa qotillikka urinish sifatida baholanmoqda. O‘q uzgan shaxs maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

Ayni paytda siyosatchining ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Trampning xavfsizlikda ekanini hamda o‘zini yaxshi his qilayotganini eshitganidan xursandligini bildirgan. Har ikki yirik partiyaning amerikalik siyosatchilari Trampni qo‘llab-quvvatlovchi va siyosiy zo‘ravonlikni qoralovchi bayonotlar bilan chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga suiqasd: Maxfiy xizmat rahbari ko‘rsatma berish uchun chaqiriladi