06:00 / 18.07.2024
528

Musiqa va raqsni taqiqlagan “Tolibon” mazkur taqiqlarni o‘zi buzdi

Musiqa va raqsni taqiqlagan “Tolibon” mazkur taqiqlarni o‘zi buzdi
Foto: Videodan kadr
The Telegraph nashri “Tolibon” a’zolarining Hirot g‘arbidagi bog‘da musiqaga raqs tushishi aks etgan videoni taqdim etdi.

Mazkur xabar 14 iyul kuni e’lon qilingan, ammo bu voqealarning o‘zi qachon sodir bo‘lganligi ko‘rsatilmagan.

Tolibon harakatidagi bunday qarama-qarshiliklar faqat raqs bilan cheklanmagan. Nashrning gilmendlik anonimga tayanib xabar berishicha, “Tolibon”ning qator a’zolari musiqaga qo‘yilgan taqiqqa rioya qilmoqchi emas. Manbaga ko‘ra, rahbariyat bu taqiqlarni faqat o‘z kuchini ko‘rsatish uchun kiritgan.

Avvalroq Afg‘onistonda Saripul viloyatida “Tolibon” a’zolari 100 ta musiqa asbobini yoqib yuborgani xabar berilgandi. “Axloq politsiyasi” musiqali flesh-disklarni ham yo‘q qilishi “Tolibon”ning “musiqiy genotsid”da ayblanishga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Sputnik Afganistan
"Ushbu choralarga javoban afg‘on musiqachilari o‘z asarlarini nashid sifatida yashirishga majbur bo‘lmoqda", deyiladi xabarda.

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri “Tolibon” musiqani taqiqlabgina qolmay, balki Afg‘onistonning yo‘qolib borayotgan madaniy an’analari saqlovchisi bo‘lgan musiqachilarni ham omma oldida kaltaklagan va kamsitgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musiqa va raqsni taqiqlagan “Tolibon” mazkur taqiqlarni o‘zi buzdi