11:53 / 18.07.2024
84

Xitoydagi 14 qavatli bino yonib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Xitoydagi 14 qavatli bino yonib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: Getty Images
Xitoy janubi-g‘arbida 17 iyul kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xitoy davlat matbuotiga tayanib, CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, holat Sichuan provinsiyasining Szigun shahrida ro‘y bergan. Ushbu shaharda joylashgan 14 qavatli savdo markazi yonib ketgan.

Yong‘in savdo markazining ayrim qismlarida davom etayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari paytida yuzaga kelgani xabar qilingan. Hozirga qadar 16 kishining jasadi yonayotgan binodan olib chiqilgan.

Foto: Getty Images
Yong‘in hududiga 300 ga yaqin favqulodda xizmat xodimlari va mahalliy o‘t o‘chirish bo‘limidan o‘nlab mashinalar jo‘natilgan. Tezkor harakatlar tufayli 30 ga yaqin fuqaro qutqarib olingan.

18 iyul kuni e’lon qilingan bayonotda Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in sabablarini imkon qadar tezroq aniqlash va kelajakda bu kabi holatlar qaytarilmasligini ta’minlash uchun qutqaruvchilar va viloyat rasmiylari voqea joyiga jo‘natilganini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yanvar oyida Xenan provinsiyasi markazidagi maktab-internatda ham yong‘in sodir bo‘lgan edi. Unda 13 nafar bola halok bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy janubi-g‘arbida aralash maqsadli binoda yong‘in chiqishi oqibatida ham 39 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi 14 qavatli bino yonib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi (video)