09:56 / 19.07.2024
84

Tramp suiqasdchisi Britaniya qirollik oilasiga ham hujum qilmoqchi bo‘lgan ekan

Tramp suiqasdchisi Britaniya qirollik oilasiga ham hujum qilmoqchi bo‘lgan ekan
Foto: Reuters
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd qilgan 20 yoshli Tomas Kruks yana bir shov-shuvli hujumni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. U Buyuk Britaniya qirollik oilasi a’zosiga suiqasd qilishni rejalashtirgan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Tomas Kruks 13 iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida Trampga qarata o‘q uzganidan keyin Maxfiy xizmat agentlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Siyosatchi qulog‘idan yengil jarohat olgan, uning ortida turgan erkak halok bo‘lgan, yana ikki kishi og‘ir yaralangan.

Endilikda Federal qidiruv byurosi (FQB) yigit Britaniya qirollik oilasining a’zosini ham nishonga olishni rejalashtirgani haqida hisobot e’lon qildi. Xususan, Kruks o‘limi oldidan internetda qirollik oilasi a’zosi (ismi keltirilmagan) haqida ma’lumot qidirgan.

Shuningdek, AQSHning yuqori martabali shaxslari, jumladan, FQB direktori Kristofer Rey va AQSH bosh prokurori Merrik Garland haqida ham ma’lumot izlangan. Tergovchilar Kruksning qurilmalarida AQSH prezidenti Jo Bayden va Donald Trampning fotosuratlari, shuningdek, bo‘lajak mitinglar sanalari qayd etilgan yozuvlarni topgan.

FQB yigitning telefoniga buzib kirgani, uyini tintuv qilgani, kompyuterini tekshirgani va 100 dan ortiq odamni so‘roq qilganiga qaramay, suiqasd motivi hozircha noaniq qolmoqda. Suiqasddan bir necha kun oldin Kruks o‘yin saytlaridan “13 iyul mening debyutim bo‘ladi, bu qanday bo‘lishini ko‘ring”, deya yozgan.

Donald Trampga suiqasd

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 14 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi saylovoldi mitingi paytida yaralangan edi. Hodisa aks etgan videoda uning chiqishi chog‘ida o‘q ovoziga o‘xshash tovushlar eshitilgan. Shundan so‘ng Tramp qulog‘ini ushlab yotib olgan. Qo‘riqchilar shu zahoti Trampni o‘rab olgan. Prezidentlikka nomzod o‘rnidan turganida qulog‘idan qon oqayotganini ko‘rish mumkin. Maxsus xizmat agentlari uni qurshab olib, o‘rnidan turishiga yordam bergan va sahnadan olib ketgan.

Bu hodisa qotillikka urinish sifatida baholanmoqda. O‘q uzgan shaxs maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Trampning xavfsizlikda ekanini hamda o‘zini yaxshi his qilayotganini eshitganidan xursandligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp suiqasdchisi Britaniya qirollik oilasiga ham hujum qilmoqchi bo‘lgan ekan