10:42 / 19.07.2024
138

Netanyaxu kutilmaganda G‘azo sektoriga bordi (video)

Netanyaxu kutilmaganda G‘azo sektoriga bordi (video)
Foto: Videodan kadr
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda bosh vazir ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelman xabar berdi.

Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan joyga tashrif buyurgan, harbiylar bilan suhbatlashgan. Unga bosh vazir devoni rahbari Saxi Braverman, Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Saxi Xanegbi va bosh vazirning harbiy kotibi, general mayor Roman Gofman hamrohlik qilgan.

Netanyaxu Isroil G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegara zonasi, ya’ni Filadelfiya koridori va Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorati “sektordagi operatsiyani davom ettirishda global ahamiyatga ega” ekanini aytgan. U kuzatuv punktiga ko‘tarilib, u yerdan jangovar harakatlar hududini ko‘zdan kechirgan. Isroil bosh vaziri HAMASga harbiy bosim o‘tkazishgina G‘azoda garovda ushlab turilganlarni ozod etishga yordam berishini ta’kidlagan.

“Rafah” nazorat-o‘tkazish punkti Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi yagona o‘tish punktidir. U orqali sektorga insonparvarlik yordamining katta qismi kelib tushardi. May oyi boshida Isroil armiyasi nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bunga javoban Misr hukumati Isroil bilan insonparvarlik yordamini yuborishni muvofiqlashtirishdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu kutilmaganda G‘azo sektoriga bordi (video)