14:02 / 19.07.2024
219

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi direktori: “Bitta mashina yig‘ishga 15-20 daqiqa sarflaymiz”

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi direktori: “Bitta mashina yig‘ishga 15-20 daqiqa sarflaymiz”
Foto: “Tazabek.kg”
Qirg‘iziston—O‘zbekiston avtomobil zavodi ochilishida Tulpar Motors direktori Mirbek Dubanayev bitta mashina yig‘ish uchun taxminan 15-20 daqiqa vaqt sarflanishini aytdi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Zavod rahbariga ko‘ra, loyiha uch bosqichda amalga oshirilmoqda. Ayni paytda zavod birinchi bosqichda bo‘lib, unga 10 million dollar sarmoya kiritilgan, bu bosqichda ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming avtomobilni tashkil etadi, keyingi bosqichlarda esa yiliga 30 ming avtomobilga yetkaziladi.

Ayni paytda Chevrolet Tracker, Onix, Cobalt, Labo, Damas rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Isuzu savdo uskunalari ham mavjud: NPR75L va NMR77H asosidagi o‘rtacha 3-5 tonnalik Isuzu yuk mashinalari, Isuzu D-MAX pikaplari. Ishlab chiqarish allaqachon yo‘lga qo‘yilgan va avtomobillar xaridorlar uchun mavjud”, deya tushuntirdi Dubanayev.

18 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tulpar Motors avtomobil zavodi ishlashiga start berdi. Chuy viloyatining Oqsuv qishlog‘idagi zavod maydoni 47 ming kvadrat metrni tashkil etadi va General Motors ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi direktori: “Bitta mashina yig‘ishga 15-20 daqiqa sarflaymiz”