23:53 / 19.07.2024
171

Bangladeshdagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi

Bangladeshdagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi
Foto: Google Images
Bangladeshda davlat ishlari uchun kvota tizimiga qarshi davom etayotgan namoyishlarda kamida 75 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shifokorlar ma’lumotlariga tayanib, Frans Press xabar bermoqda.

Avvalroq 50 ga yaqin halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 16 iyuldan beri Bangladeshning turli shaharlaridagi shifoxonalarda jami 75 kishi vafot etdi. Norasmiy manbalar qurbonlar soni 100 nafarni tashkil qilmoqda. Yaradorlar soni allaqachon bir necha mingga yetgan.

Bangladeshdagi norozilik namoyishlari shu oyda mamlakat bo‘ylab xususiy va davlat universitetlarining yuzlab talabalari 1971 yildagi mustaqillik urushida qatnashgan ozodlik kurashchilarining qarindoshlari uchun ishga joylashish kvotasiga qarshi norozilik bildirganidan so‘ng boshlandi. 170 million aholisi bo‘lgan mamlakatda 32 millionga yaqin yoshlar ishsiz yoki o‘qimagan, ular rasmiylar ishsizlikka qarshi kurashda yetarlicha harakat qilmayapti, deb hisoblamoqdalar.

Huquq-tartibot idoralari namoyishlarni tarqatish uchun rezina o‘q va suv purkagichlardan foydalanmoqda. Namoyishchilar ko‘chalarga tayoq va toshlar bilan chiqishmoqda.

Harbiy vertolyotlar mamlakat poytaxti Dakka uzra parvoz qilayotgani kuzatildi. Ko‘chalarga zirhli texnikalar chiqarildi. Televizion yangiliklar kanallari efirga uzatilmayapti, yirik ommaviy axborot vositalarining veb-saytlari ishlamayapti, mobil internet o‘chirilgan, boshqa davlatlar bilan telekommunikatsiya tizimi uzilib qolgan. Mamlakatdagi maktablar, kollejlar, universitetlar yopilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshdagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi