22:08 / 20.07.2024
92

Bangladeshdagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 100 kishidan oshdi

Bangladeshdagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 100 kishidan oshdi
Foto: Getty Images
Bangladeshda ommaviy tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar soni 100 nafardan oshgan. Bu haqda mamlakat mahalliy manbalariga tayanib, BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, birgina 19 iyul kunining o‘zida 50 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Yuzlab namoyishchilar o‘rta va og‘ir darajada jarohat olgan.

Avvaliga universitetlar kampuslarida talabalar ishtirokida boshlangan norozilik harakatlari bora-bora umummilliy tartibsizliklarga aylanib ketgan. Politsiyaning talabalarga o‘q uzishi norozilik to‘lqinini kuchaytirib yuborgan.

Namoyish ishtirokchilarining aytishicha, politsiya va hukmron Avami ligasining talabalar qanoti — Bangladesh Chatra harakati tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan, Qurolsiz namoyishchilar kaltaklangan va ularga jarohat yetkazilgan. Bu esa namoyishlar safiga aholining yangi qatlamlarini jalb qilgan.

Endi talabalar emas, aftidan, jamiyatning turli qatlamlaridan odamlar norozilik harakatiga qo‘shilib bormoqda”, degan holatga munosabat bildirgan Dakka universiteti sotsiologiya professori, doktor Samina Lutfa.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 18 millionga yaqin bangladeshlik yoshlar ish izlamoqda. Universitet bitiruvchilari orasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlarga solishtirganda ishga kirish ko‘rsatkichi ancha past. Bu ko‘pincha davlat tashkilotlariga kirish uchun o‘zgarmas kvotalar belgilab qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi.

Mamlakatda tartibsizliklar yuzaga keltirgan omil ham aynan mehnat kvotasi bilan bog‘liq. Hukumatning 1971 yilgi mustaqillik urushi faxriylari va ularning qarindoshlari farzandlarini tegishli saralash bosqichlarisiz davlat xizmatiga olish to‘g‘risidagi qarori dastlab talabalar e’tiroziga sabab bo‘lgan. Ish o‘rinlariga mehnat tajribasi va ma’lumotiga qarab jalb qilishni talab qilgan o‘quv yurtlari bitiruvchilari harakati keyinchalik butun mamlakatdagi norozilik to‘lqinlariga aylanib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshdagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 100 kishidan oshdi