15:35 / 21.07.2024
337

AQSHda Rossiya haqida xavotirli bayonot berildi

AQSHda Rossiya haqida xavotirli bayonot berildi
Foto: Reuters
AQSH va Rossiya o‘rtasida Ukraina bo‘yicha gipotetik urush dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi Fox News.

"Ukraina oldidagi tobora ko‘proq yangi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish orqali Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ehtimoliy urushga yaqinlashmoqda, bu esa, albatta, halokatli oqibatlarga olib keladi", deydi nashr.

Xabarda ta’kidlanishicha, Pentagonda bunday mojaroda g‘alaba qozonish uchun munosib harbiy strategiya yo‘q.

"Qo‘shma Shtatlar ham, NATO ham Rossiya hamda Xitoy bilan bir vaqtning o‘zida ikki frontda urush olib borish uchun yetarli sanoat salohiyatiga ega emas", deya qo‘shimcha qilgan nashr.

Moskva Rossiya G‘arbda hech kimga tahdid solmagani va tahdid solmasligini, Ukrainada esa shunchaki o‘z manfaatlarini himoya qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida G‘arb siyosatchilari e’tiborni ichki muammolardan chalg‘itish uchun o‘z aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan qo‘rqitayotganini aytgan. Putin Moskva NATO davlatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bundan foyda yo‘qligini batafsil tushuntirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Rossiya haqida xavotirli bayonot berildi