16:19 / 22.07.2024
85

Demokratlar Harrisning kampaniyasiga rekord darajada mablag‘ yig‘di

Demokratlar Harrisning kampaniyasiga rekord darajada mablag‘ yig‘di
Foto: AFP
Jo Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qilganidan beri AQSH Demokratik partiyasi kichik donorlar uchun ActBlue platformasida 55 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Tegishli ma’lumot 22 iyul, dushanba kuni Politico tomonidan taqdim etilgan.

E’londan so‘ng dastlabki besh soat ichida 27,5 million dollar yig‘ildi. Keyinchalik ActBlue bir sutkadan kamroq vaqt ichida 46,7 million dollar to‘plagani haqida xabar berdi, bu 2024 yil uchun kunlik rekorddir. Pul Kamala Harrisning saylovoldi kampaniyasiga ham, saylovda qatnashadigan boshqa demokrat nomzodlarga ham yo‘naltiriladi.

Mablag‘lar oqimi «biz hozirgacha ko‘rmagan demokratik ishtiyoqni» aks ettiradi, deb ta’kidlaydi Politico. Platformaga ko‘ra, yig‘ilgan mablag‘ 2020 yilgi rekorddan pastroq. O‘shanda AQSH Oliy sudining eng keksa a’zosi Rut Beyder Ginzburg vafotidan keyin bir kunda 70,6 million dollar yig‘ilgan.

Jo Baydenning saylovdan voz kechishi va Kamala Harris nomzodi

Jo Bayden 21 iyul kuni AQSH prezidentligi saylovidan o‘z nomzodini qaytarib olishini e’lon qilgan edi. Amaldagi davlat rahbari bu qarorni Demokratik partiya va butun mamlakat manfaatlarini ko‘zlab qabul qilganini alohida ta’kidladi. Bayden tez orada xalqqa murojaat qilib, tafsilotlarni aytib berishini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi muddatining qolgan qismida asosiy e’tiborini prezidentlik vazifalarini bajarishga qaratadi.

Bayden o‘z o‘rniga Kamala Harrisni taklif qilib, uni «to‘liq qo‘llab-quvvatlashini» bildirdi. «Demokratlar - birlashish va Trampni yengish vaqti keldi. Keling, buni qilaylik!» - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Keyinchalik amaldagi vitse-prezident Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Amerika OAV uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: «Prezidentning tasdig‘ini olish men uchun katta sharaf va men bu nomzodlikni qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish niyatidaman». Harris respublikachi Donald Trampni mag‘lub etish uchun «Demokratik partiya va xalqni birlashtirish» maqsadida «hamma narsani qilishini» qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Demokratlar Harrisning kampaniyasiga rekord darajada mablag‘ yig‘di