09:46 / 25.07.2024
315

Forbes: “Yaqin Sharqda katta urush muqarrar”

Forbes: “Yaqin Sharqda katta urush muqarrar”
Foto: Getty Images
Yaqin Sharqda Isroil, “Hizbulloh” va Eron o‘rtasida katta urush boshlanadi, bu urush hatto Rossiyani ham qamrab olishi mumkin. Bu haqda Forbes bosh muharriri Stiv Forbes ma’lum qildi.

"Isroil, “Hizbulloh” va Eron o‘rtasida katta urush ketmoqda. To‘qnashuv muqarrar", deb yozadi u.

Forbesning fikricha, bunday mojaro tezda kengayib boradi, bu nafaqat AQSHni, balki Rossiyani ham qamrab olishi mumkin.

"Yagona masala — portlash vaqti, bu yaqin kelajakda yoki bir oz keyinroq sodir bo‘lishi mumkin", deb hisoblaydi jurnalist.

Forbes ta’kidlaganidek, asosiy qaynoq nuqta Isroil va Livan o‘rtasidagi chegara bo‘ladi, uning janubida “Hizbulloh” pozitsiyalari joylashgan.

Isroil-Livan chegarasidagi vaziyat 2023 yil oktyabr oyida G‘azoda Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin yomonlashgan edi. Isroil armiyasi va Livan “Hizbulloh”i jangarilari chegaradagi hududlarda har kuni bir-birining pozitsiyalariga o‘q uzmoqda.

Livan TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi sababli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Isroil tomoni mamlakat shimolining 80 mingga yaqin aholisi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgani haqida xabar bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes: “Yaqin Sharqda katta urush muqarrar”