22:32 / 26.07.2024
32

HAMAS Isroilning G‘azo bo‘yicha yangi shartlariga rozi bo‘lmadi

HAMAS Isroilning G‘azo bo‘yicha yangi shartlariga rozi bo‘lmadi
Foto: AP Photo
Falastinning HAMAS harakati Isroilning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlariga rozi emasligini aytdi. Bu haqda harakatning Livandagi vakili Valid al-Kiloniy “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

"Biz uch hafta oldin vositachilarga topshirilgan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga hamon sodiq qolamiz, biroq Netanyaxu ilgari surayotgan qo‘shimcha shartlarni qabul qilmaymiz", deydi u.

HAMAS vakilining qo‘shimcha qilishicha, harakat “Falastin xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan” barcha takliflar uchun ochiq.

Avvalroq OAV Isroil G‘azo bo‘yicha sulh rejasiga o‘zgartirishlar kiritmoqchi ekani, bu esa HAMAS bilan yakuniy kelishuvni qiyinlashtirgani haqida xabar bergan edi. Yangi shartlarga ko‘ra, Isroil sulh boshlanganidan keyin ko‘chirilgan falastinliklar G‘azo shimoliga qaytganlarida tekshiruvdan o‘tishini talab qilmoqda.

Yana bir to‘siq Isroilning G‘azo va Misr chegarasida nazoratni saqlab qolish talabi bo‘lgan. Bu Misr rasmiylariga mos kelmagan. Amerikaning Axios nashri muxbiri manbalarga tayanib xabar berishicha, Netanyaxu garovga olinganlarning oilalari bilan uchrashuvda bir necha kun ichida HAMASga yangilangan taklifni yuborishini aytgan.

Iyul oyida Isroil va HAMAS vositachilar orqali garovga olinganlarni ozod qilish evaziga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagan edi. AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil nomidan Falastin anklavidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi rejani e’lon qilganidan beri muzokaralar jarayoni bir oydan ko‘proq vaqt davomida to‘xtab qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS Isroilning G‘azo bo‘yicha yangi shartlariga rozi bo‘lmadi