
2008 yili “Bunyodkor”ga bosh murabbiylik qilgan braziliyalik futbol yulduzi Ziko Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Ziko Parijda taksi xizmatidan foydalangan va sumkasini mashinaning orqa o‘rindig‘iga qo‘ygan. Biroq uning buyumlarini o‘marib ketishgan.
O‘g‘rilar olgan sumka ichida Rolex soati, brilliant braslet va 2 ming yevro miqdorida naqd pul bo‘lgan. Ziko umumiy hisobda 500 ming yevro ziyon ko‘rgan.
Zikodan o‘g‘irlangan narsalarni qidirishga politsiya xodimlari jalb etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar