Foto: Getty Images
Isroil bosib olingan Golan tepaliklaridagi stadion o‘qqa tutilishi ortidan Livanni “vayronkor urush” xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi spikeri Oren Marmorshteyn xabar berdi.
Yahudiy amaldoriga ko‘ra, urushdan qochishning sharti “Hizbulloh” kuchlarini qurolsizlantirish va olib chiqishdir. U Golan tepaliklaridagi hujum uchun mas’uliyatni “Hizbulloh” zimmasiga yukladi. Spiker stadionga kelib tushgan raketa Eronniki bo‘lganini da’vo qildi.
“Isroil o‘zini himoya qilish, hujumga javob qaytarish huquqi va mas’uliyatidan foydalanadi”, dedi Marmorshteyn.
U Eron va u tomonidan qo‘llab-quvvatlayotgan guruhlar — “Hizbulloh”, HAMAS va husiylarga to‘liq mas’uliyatni yuklashga, shuningdek, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusini “terroristik tashkilot” deb tan olib, sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi.
“Dunyo Livan uchun ham halokatli bo‘ladigan keng ko‘lamli urush oldini olishining yagona yo‘li “Hizbulloh”ni Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga (qurolsizlanish va kuchlarni olib chiqish bo‘yicha) rioya qilishga majburlashdir. Hozir buni diplomatik yo‘l bilan amalga oshirishning so‘nggi lahzasi”, dedi yahudiy davlati rasmiysi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi