14:05 / 29.07.2024
39

Isroil: «Hizbulloh»ga urushning oldini olish uchun «so‘nggi imkoniyat» beriladi

Isroil: «Hizbulloh»ga urushning oldini olish uchun «so‘nggi imkoniyat» beriladi
Foto: Ohad Zwigenberg/AP/picture alliance
Isroil «Hizbulloh» kuchlarini Livan janubidan olib chiqishni talab etib, aks holda keng ko‘lamli urush boshlanishi bilan tahdid qildi. Bu haqda 28 iyul, yakshanba kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Isroil TIV vakili Oren Marmorshteyn yozdi.

Uning postining boshlanishi 27 iyul kuni Isroil nazoratidagi Jo‘lan tepaliklari shimoliy qismidagi Majdal Shams qishlog‘i o‘qqa tutilishiga bag‘ishlangan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati futbol maydonida o‘ynayotgan bolalar va o‘smirlardir. Isroil hujumda Livandagi «Hizbulloh» harakatini aybladi. Uning vakillari bu ayblovni rad etishdi, ammo to‘rtta zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdi, jumladan, futbol maydonidan 3 km uzoqlikdagi Hermon tog‘i yonbag‘irida harbiy shtabga.

Marmorshteynning aytishicha, Eron «Hizbulloh», shuningdek, HAMAS Falastin harakati va Yaman husiychilari ortida turibdi hamda jahon hamjamiyatidan uni javobgarlikka tortishni talab qildi. Xususan, u Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusini terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga, Eronga qarshi «halokatli sanksiyalar» qo‘yishga, «Hizbulloh»ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga va «uni bolalarning dahshatli qirg‘inlari uchun to‘liq javobgarlikka tortishga» chaqirdi.

«Isroil o‘zini himoya qilish va qirg‘inga javob berish huquqi va mas’uliyatidan foydalanadi, - dedi Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili. - Livan uchun halokatli oqibatlarga olib keladigan keng ko‘lamli urushning oldini olishning yagona yo‘li - «Hizbulloh»ni BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasini bajarishga majbur qilishdir. Hozir buni diplomatik yo‘l bilan bajarish uchun oxirgi daqiqa».

2006 yil 11 avgustda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan 1701-rezolyutsiya «Hizbulloh» va Isroil o‘rtasidagi o‘sha paytda yana avj olgan janglarni yumshatishga qaratilgan edi. Hujjat, xususan, Livanning janubidagi Litani daryosi va ushbu mamlakatni Isroilni ajratib turuvchi «moviy chiziq» o‘rtasidagi hududni «har qanday qurolli xodimlar, kuchlar, jihozlar va qurollardan» tozalashni talab qiladi.

YEI va AQSH Jo‘lanning o‘qqa tutilishini qoraladi

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel Majdal Shamsdagi «qonli qirg‘in»ni keskin qoraladi. «Ushbu qabul qilib bo‘lmaydigan hodisa yuzasidan mustaqil xalqaro tergov o‘tkazilishi kerak. Biz barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik ko‘rsatishga va yanada keskinlashmaslikka chaqiramiz», - dedi Borrel bayonotida. U futbol maydonidan kadrlarni «dahshatga soluvchi» deb atadi.

O‘z navbatida, AQSH Milliy xavfsizlik kengashi ham Jo‘lan tinch aholisiga qilingan hujumni qoralab, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Oq uy hujumda «Hizbulloh»ni to‘g‘ridan to‘g‘ri ayblamadi, biroq Isroil qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

Isroil «Hizbulloh»ning Livandagi obyektlariga zarba berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Livandagi «Hizbulloh» harakatining bir qator nishonlariga hujum qildi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL). Hujum nishonlari orasida qurol omborlari va infratuzilma bor, deb yozdi SAHAL vakillari 28 iyul, yakshanba kuni Telegram'da.

Isroil shimolida janglar

2023 yil 7 oktyabrda sodir etilgan keng ko‘lamli hujumga javoban G‘azo sektorida HAMAS guruhiga qarshi Isroil harbiy amaliyoti boshlanganidan beri Isroil va «Hizbulloh» harakati jangchilari o‘rtasidagi ziddiyat yana keskinlashdi. Isroil shimolida, Livan bilan chegaradosh hududda deyarli har kuni janglar kuzatiladi.

Jo‘lan tepaliklari o‘nlab yillar davomida Yaqin Sharqdagi bahsli hudud bo‘lib qolmoqda. Isroil 1967 yilda arab davlatlari koalitsiyasiga qarshi Olti kunlik urush paytida Jo‘lan tepaliklarining muhim qismini egallab oldi va 1981 yilda uni anneksiya qildi. Qo‘shma Shtatlar 2019 yilda Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olgan yagona davlatga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil: «Hizbulloh»ga urushning oldini olish uchun «so‘nggi imkoniyat» beriladi