12:50 / 29.07.2024
133

Isroil tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘on tahdidiga javob qaytardi

Isroil tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘on tahdidiga javob qaytardi
Foto: Pacific Press
Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Katz Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni yahudiy davlatiga bostirib kirish oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Erdo‘g‘on Saddam Husayn izidan borib, Isroilga hujum uyushtirish bilan tahdid qilmoqda. Shunchaki u yerda (Iroqda) nima bo‘lganini va hammasi nima bilan tugaganini eslasin”, dedi Katz.

Yahudiy amaldori tegishli bayonoti bilan X ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya yetakchisi va Iroq sobiq prezidenti fotosuratlarini joylashtirdi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya boshqa davlatlar va hududlar bilan o‘tmishda bo‘lgani kabi Isroilga ham “kirishi” mumkinligini aytgandi. Siyosatchi bunday qilmaslik uchun “hech qanday sabab yo‘q” ekanini ta’kidlagan.

Biz Qorabog‘ga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, ular bilan ham shunday qilamiz. Bunday qilmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q... Biz bu qadamlarni qo‘yish uchun kuchli bo‘lishimiz kerak”, degan edi Erdo‘g‘on.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘on tahdidiga javob qaytardi