00:55 / 31.07.2024
44

Lukashenko o‘limga hukm qilingan Germaniya fuqarosini afv etdi

Lukashenko o‘limga hukm qilingan Germaniya fuqarosini afv etdi
Foto: LinkedIn/ Riko Kriger
Belorus yetakchisi Aleksandr Lukashenko Minsk yaqinidagi temiryo‘l vokzalida yuz bergan portlash ishi bo‘yicha o‘lim jazosiga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Krigerni afv etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Germaniya fuqarosi Riko Krigerning hukmi 19 iyun kuni ma’lum bo‘lgan edi. Minsk sudi uni qator jinoyatlarda ayblab, o‘lim jazosiga - qatl qilishga hukm qilgan. Krigerga olti modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ular yollanma faoliyat, yashirin faoliyat, terrorchilik akti, “ekstremistik tuzilma” yaratish, o‘qotar qurol va portlovchi moddalar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar, transport vositasi yoki aloqa vositalarini qasddan yaroqsiz holga keltirishni o‘z ichiga oladi.

Huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, bu Belarusda yollanma jinoyati uchun sudlanganlik bo‘yicha birinchi holat bo‘lgan. Belarus Yevropada o‘lim jazosi hali ham qo‘llaniladigan yagona davlatdir. Amnesty International xabar berishicha, 2022 yilda mamlakatda bir kishi qatl etilgan.

Avvalroq Belarus davlat televideniyesi Kriger haqidagi ko‘rsatuvni e’lon qilgan, unda u panjara ortida o‘tirib, bir yil oldin Ukrainaga xorijiy yollanma askarlar legionida sanitar bo‘lib ishga kirishga qaror qilganini aytgan.

30 iyul kuni Kriger Lukashenkoga afv etishni so‘rab murojaat qilgani haqida xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko o‘limga hukm qilingan Germaniya fuqarosini afv etdi