
Foto: Reuters
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya hujum oqibatida Tehronda halok bo‘ldi. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Haniyaning Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida u va tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan.
“Qahramon Falastin xalqiga, islom xalqiga, Eronning olijanob xalqiga hamdardlik bildirgan holda, bugun ertalab (31 iyul) HAMAS siyosiy byurosi rahbari janob Ismoil Haniya qarorgohida hujumga uchradi va bu voqeadan so‘ng u va uning tansoqchilaridan biri halok bo‘ldi”, deyiladi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda. HAMAS siyosiy byurosi a’zosi ar-Rishq Haniyaning o‘limini tasdiqlab, u Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar