11:05 / 31.07.2024
182

Tojikistonda yaqinda qo‘lga olingan taniqli siyosatchilarning mol-mulki xatlandi

Tojikistonda yaqinda qo‘lga olingan taniqli siyosatchilarning mol-mulki xatlandi
Kollaj: “Ozodlik” radiosi
Tojikiston hukumati yaqinda qo‘lga olingan bir guruh taniqli siyosiy arboblar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkini xatlovga oldi.

Tergov organlari Demokratik partiyaning sobiq raisi va parlament sobiq deputati Saidjafar Usmonzoda, Tojikiston Oliy Kengashining sobiq raisi Akbarsho Iskandarov, sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy, jurnalist va Demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Ahmadshoh Komilzoda, Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Shokirjon Hakimov va ularning eng yaqin qarindoshlarining bank hisob raqamlari muzlatilgan.

Ularning oila a’zolariga uy-joy, dachalar, avtomobillar, boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklarni sotish yoki ijaraga berish taqiqlangan.

Hibsga olinganlarning qarindoshlari ularning oilalariga bosim o‘tkazilishidan ham shikoyat qilmoqda. Ulardan biri rasmiy organlardan kelgan xat asosida ishdan bo‘shatilganini aytdi”, deyiladi xabarda.

Siyosatchilarning yaqinlari tergov izolatoridagi qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berilmaganini aytmoqda. Ularga ko‘ra, aksariyat advokatlar mahbuslar va ularning yaqinlari manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgan. Hozirda faqat Akbarsho Iskandarov va Shokirjon Hakimovning mustaqil advokatlari borligi aytilmoqda.

Ammo bu advokatlar ham tergov izolatoridagi himoyachilari bilan haligacha uchrashmagan. Sobiq siyosiy arboblarga oid ishlarni tergov qiluvchi Tojikiston Bosh prokuraturasi bu ishlarga maxfiylik belgisi berilgani sababli hech qanday tafsilotlarni taqdim etmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda yaqinda qo‘lga olingan taniqli siyosatchilarning mol-mulki xatlandi