18:00 / 01.08.2024
61

Blinken Qatardan Eron va “Hizbulloh”ni Isroildan qasos olmaslikka ko‘ndirishni so‘radi

Blinken Qatardan Eron va “Hizbulloh”ni Isroildan qasos olmaslikka ko‘ndirishni so‘radi
Foto: CNN
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 1 avgust kuni Qatar rahbariyati bilan bog‘lanib, Eron va “Hizbulloh”ni Isroilga hujum qilish fikridan qaytarishga chaqirgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Blinken Qatar bosh vaziri Muhammad al-Tani bilan gaplashgan. Undan Eron va “Hizbulloh”ga ta’sir o‘tkazishni, ikki mamlakat rahbariyatini Fuad Shukr va Ismoil Haniyaning o‘limi uchun qasos olish fikridan qaytishga ko‘ndirishni so‘ragan.

Ko‘plab siyosiy tahlilchilar AQSH hukumatining kutilmaganda juda faollashib ketgani hamda Yaqin Sharq arab mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotga intilishi yaqinlashib kelgan halokatning oldini ololmasligini aytgan. Bu esa arab hukumatlarining shia rahbarlariga ta’sir o‘tkazish potensiali kamligi bilan izohlangan.

Mutaxassislar Eron va uning mintaqadagi hamkorlari uch kun ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligini taxmin qilgan. Agar bu amalga oshsa, Isroil uchun xavfsizlik masalasi butunlay barham topishi aytilgan.

Manbaga ko‘ra, 31 iyul kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy milliy qurolli kuchlarga Isroilga hujum qilish buyrug‘ini bergan. Bu hujum qachon, qay tarzda va qanday hajmdagi kontingent bilan boshlanishi esa hozircha noma’lum.

Eron ayni damda mamlakat ichida mudofaani kuchaytirishni ham buyurgan. Bunga sabab sifatida Ismoil Haniya bilan ro‘y bergan holat yana qaytarilishi mumkinligi keltirilgan.

Qatar vaziri Blinken so‘roviga qanday javob qaytargani hozircha noma’lum. Doha hukumatining AQSH taklifini qabul qilishi va Eron koalitsiyasini hujumdan tiyilishga undashi hukumatning arab dunyosidagi obro‘siga putur yetkazishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blinken Qatardan Eron va “Hizbulloh”ni Isroildan qasos olmaslikka ko‘ndirishni so‘radi