09:44 / 02.08.2024
102

“Hizbulloh” Isroil shimoliga o‘nlab raketalar bilan zarba berdi

“Hizbulloh” Isroil shimoliga o‘nlab raketalar bilan zarba berdi
Foto: Reuters
Livandagi “Hizbulloh” guruhi 1 avgust kuni Isroil shimoliga o‘nlab raketalar bilan zarba bergan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum Livan janubiga Isroil tomonidan berilgan zarbalarga javob tariqasida amalga oshirilgan. Shuningdek, Livandagi guruh o‘z qo‘mondoni o‘limi uchun ham Isroilda qasos olganini bildirgan.

“Hizbulloh” hujum davomida Isroil shimolidagi obyektlarga tartibsiz ravishda raketalar otgan. Raketalar qo‘shni davlat hududiga qanday darajada talafot keltirgani hozircha ochiqlanmagan.

Hujum sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay Isroil javob zarbasi berishga erishgan. Raketalar uchirilgan Livan janubidagi harbiy inshootlarga qiruvchi raketalar bilan zarba berilgan va ular ishdan chiqarilgan.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki mamlakat chegarasida yuz bergan yangi keskinlik oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Suriyadan qochib kelgan 4 nafar fuqaro qiruvchi samolyotlar hujumida halok bo‘lgan.

Janubdagi Shama qishlog‘iga Isroil zarbasi natijasida to‘rt nafar Suriya fuqarosi shahid bo‘ldi. Shuningdek, 5 nafar Livan fuqarosi yaralangan”, deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.

Isroilga uyushtirilgan hujum “Hizbulloh” tomonidan o‘z qo‘mondoni Fuad Shukr o‘limiga javoban berilgan birinchi zarba ekani aytilgan. “Hizbulloh” rasmiylari hujumlar davom etishi, ularning ko‘lami oshishini xabar bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Isroil shimoliga o‘nlab raketalar bilan zarba berdi