19:52 / 02.08.2024
57

Klintonlar qizining karyerasi uchun Harrisni qo‘llab-quvvatladi

Klintonlar qizining karyerasi uchun Harrisni qo‘llab-quvvatladi
Foto: Zuma Press
Agar Kamala Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQSHning sobiq prezidenti Bill Klinton va mamlakatning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonlarning farzandi Chelsi Klinton AQSHning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lishga da’vogarlik qiladi. Bu haqda The New York Post xabar berdi.

Chelsi haqiqatan ham Buyuk Britaniyaning elchisi bo‘lishni xohlaydi. Bill va Hillari birinchi besh daqiqada Kamalani prezidentlikka qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishganining sababi bor — ular xayrixohlik ko‘rsatishdi, dedi nashr manbasi va Klintonlar “bu g‘oya ustida uzoq vaqt ishlagan”ini qo‘shimcha qilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Klinton fondi raisi o‘rinbosari bo‘lgan Chelsi Klinton ham Fransiyada ishlashni xohlagan bo‘lardi.

Londonda uzoq vaqt faoliyat yuritgan Britaniya elchixonasi xodimi “Chelsi juda yosh bo‘lishiga qaramay, Buyuk Britaniyada elchi bo‘lishni orzu qilishiga ishonchim komil”, degan. Uning so‘zlariga ko‘ra, London odatda katta donor yoki mablag‘ yig‘uvchiga nasib qiladi.

Nashrga ko‘ra, uch nafar kichkina farzandi bor 44 yoshli Chelsining Buyuk Britaniya bilan haqiqatdan ham aloqasi mavjud. Otasi singari u ham Oksford universitetida tahsil olgan. 2003 yilda nufuzli maktabda xalqaro munosabatlar bo‘yicha falsafa magistri, 2014 yilda esa PhD darajasini olgan.

AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiyadan mamlakat prezidentligiga nomzod ko‘rsatish uchun zarur talablarga javob beradigan yagona da’vogar hisoblanadi. Uning nomzodini tasdiqlash uchun ovoz berish 1 avgustdan 5 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Jarayon rasman yakunlanadigan Demokratik partiya qurultoyi esa 19—22 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Klintonlar qizining karyerasi uchun Harrisni qo‘llab-quvvatladi