20:56 / 02.08.2024
55

Kamala Harris nutqida adashib o‘zini prezident deb atadi

Kamala Harris nutqida adashib o‘zini prezident deb atadi
Foto: AP Photo
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik Kongress a’zosi Sheyla Jekson Lining dafn marosimida nutq so‘zlayotganda o‘zini adashib prezident deb atadi.

Harris o‘z nutqida marhum kongressmen qonun loyihasining tashabbuskori bo‘lganini, shu tufayli AQSHda qullarni ozod qilish kuni (19 iyun) davlat bayrami sifatida e’tirof etilganini eslagan.

"AQSH senatori sifatida men mazkur qonun hammuallifi bo‘lganimdan faxrlanaman. Va keyin prezident sifatida... vitse-prezident sifatida prezidentimiz uning qonun loyihasini imzolaganida, prezidentimiz Jo Bayden bilan birga kongressmen Sheyla Jekson Lining yonida turish men uchun oliy sharaf bo‘lgan", deya Harris xatosini tezda tuzatishga harakat qilgan.

Shu bilan birga, olomon mazkur adashishni hayqiriq va qarsaklar bilan kutib olgan.

AQSHda prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Jo Bayden sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlar va tobora kuchayib borayotgan tanqidlar fonida qayta saylanishga urinmaslikka qaror qilgan va Demokratik nomzodlikda hali rasman g‘olib chiqmagan Harrisni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga rasman nomzod qilib ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamala Harris nutqida adashib o‘zini prezident deb atadi