18:03 / 03.08.2024
9

Somalida “Al-Qoida”ga aloqador guruh tomonidan tashkil etilgan teraktda 32 kishi halok bo‘ldi

Somalida “Al-Qoida”ga aloqador guruh tomonidan tashkil etilgan teraktda 32 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Somalida 2 avgust kuni uyushtirilgan terroristik hujum oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum poytaxt Mogadishuning sohilga tutash maskanida ro‘y bergan. Hududda bir guruh terrorchilar paydo bo‘lib, tinch aholi vakillarini nishonga olgan.

Terrorchilarning bir nechtasi mahalliy restoranga kirib, o‘zini portlatib yuborgan. Jinoiy uyushmaning qolgan a’zolari esa o‘tochar qurollardan o‘q uzib shahar ichkarisiga kirib borishga uringan.

Hujum oqibatida jami 32 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Yaralangan 63 nafar fuqaro shoshilinch ravishda kasalxonalarga olib ketilgan.

Mogadishu politsiyasi matbuot kotibi Abdufattoh Aden hujum yuzasidan tezkor hisobot e’lon qilgan. Unda aytilishicha, hujum ishtirokchilaridan bir nafari qo‘lga olingan.

Mahalliy matbuot hujumni Somalining janubiy va markaziy qismini nazorat qilayotgan “Ash-Shabob” jangarilari amalga oshirganini aytgan. Ushbu guruh xalqaro terrorchilik tarmog‘i “Al-Qoida” bilan aloqadorlikda taxmin qilinadi.

“Ash-Shabob” guruhi qariyb 20 yildan beri Somali hukumatiga qarshi kurash olib boradi. Radikal qarashlarga ega bu birlashma Somalining katta qismini hukumat nazoratidan ajratib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somalida “Al-Qoida”ga aloqador guruh tomonidan tashkil etilgan teraktda 32 kishi halok bo‘ldi