20:20 / 03.08.2024
61

Nikolas Maduro iste’foga chiqmasa, AQSH va YEI uni javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi

Nikolas Maduro iste’foga chiqmasa, AQSH va YEI uni javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi
Foto: Google Images
AQSH Kongressi tashqi ishlar qo‘mitalari rahbarlari va Yevropaning bir qancha davlatlari tashqi ishlar qo‘mitalari raislari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga agar u o‘z lavozimini tark etmasa, javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi.

G‘arb rasmiylari saylovda muxolifatchi Edmundo Gonsales Urrutia g‘alaba qozongan deb hisoblamoqda. Rasmiylarning qo‘shma bayonotiga ko‘ra, Venesuela hukumati “venesuelaliklarga nisbatan shafqatsiz repressiya va muxolifat yetakchilarini ta’qib qilishni” to‘xtatishi kerak.

Bayonotda aytilishicha, Maduro va Gonsales o‘rtasidagi muzokaralar “hokimiyatning tinch va demokratik yo‘l bilan topshirilishini ta’minlash” uchun zarur.

Hukumatlarimiz Venesueladagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va Maduro Venesuela saylovchilarining demokratik irodasini e’tiborsiz qoldirishda davom etsa, uni javobgarlikka tortish uchun birgalikda harakat qiladi”, deyiladi xabarda.

Hujjatni Senatning Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Ben Kardin, Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol, shuningdek, Armaniston, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Litva, Moldova, Polsha, Ruminiya va Ukraina tashqi ishlar qo‘mitasi raislari imzoladi.

29 iyul kuni Venesuela hukumati prezidentlik saylovlarida Nikolas Maduro g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Bu uning ketma-ket uchinchi muddati. Shundan so‘ng Karakasda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, unda 1 mingdan ortiq odam hibsga olindi.

Lotin Amerikasining to‘qqizta davlati ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Edmundo Gonsales Urrutiani prezidentlik saylovlarida g‘olib deb topdi. Maduro saylovchilarning barcha bayonnomalarini ommaga oshkor qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikolas Maduro iste’foga chiqmasa, AQSH va YEI uni javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi