00:27 / 04.08.2024
24

Kamala Harris Fox News telekanalida Tramp bilan debat o‘tkazishdan bosh tortdi

Kamala Harris Fox News telekanalida Tramp bilan debat o‘tkazishdan bosh tortdi
Foto: Google Images
AQSH vitse-prezidenti, demokrat Kamala Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Donald Trampning 4 sentyabr kuni Fox News telekanalida debat o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda shtabning yozma bayonotida aytiladi.

Donald Tramp qo‘rqib ketdi va o‘zi rozi bo‘lgan debatdan qochishga harakat qilmoqda. U telekanal uni qutqarishi uchun Fox News'ga yugurmoqda. Tramp o‘yin o‘ynashni bas qilib, 10 sentyabr kuni ABC telekanalida bo‘lib o‘tadigan debatga kelishi kerak. Vitse-prezident milliy auditoriya bilan gaplashish imkoniyatidan foydalanish uchun o‘sha yerda bo‘ladi. Tramp ham 10 sentyabr kuni kelishi kerak”, deyiladi hujjatda.

10 sentyabr kuni ABC telekanalida Bayden va Tramp o‘rtasida ikkinchi debat o‘tkazilishi belgilangan edi. Ammo Bayden poygadan chiqqanidan keyin Tramp bu debatga bormasligini e’lon qildi. Uning fikricha, ABC telekanali demokratlarga yon bosadigan telekanal.

Shu boisdan Tramp Kamala Harrisni 4 sentyabr kuni Fox News telekanalida debat o‘tkazishga taklif qilmoqda. Ammo Harris bu taklifni rad etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kamala Harris Fox News telekanalida Tramp bilan debat o‘tkazishdan bosh tortdi