14:09 / 06.08.2024
584

Mithun Chakraborti asrab olgan qizaloq hozirda qanday yashaydi?

Mithun Chakraborti asrab olgan qizaloq hozirda qanday yashaydi?
Mithun Chakraborti — 80 yillarning ikkinchi yarmida “Disko raqqosi” filmidagi unutilmas roli tufayli mashhur bo‘lgan afsonaviy hind aktyori. Ushbu filmdagi ijrosi unga nafaqat jahon shon-shuhratini, balki butun dunyodagi muxlislar mehrini ham keltiradi.

U nafaqat moda va uslub timsoliga, balki yoshlik va erkinlik ramziga aylanadi. Uning iste’dodi butun dunyoda e’tirof etilib, nomi muvaffaqiyat va iste’dodning sinonimiga aylanadi.

Mithun Chakraborti “Disko raqqosi”dan keyin faoliyatini davom ettirib, boshqa ko‘plab muvaffaqiyatli filmlarda rol o‘ynaydi. U nafaqat iste’dodli aktyor, balki o‘z ishining ustasi ekanligini ham isbotlaydi. Aktyor sifatidagi ajoyib mahorati uni hind kino sanoatida afsonaviy shaxsga aylantiradi.

Model Xelen Lyuk bilan qisqa muddatli birinchi turmushidan so‘ng, Mithun Chakraborti aktrisa Yugita Baliga uylanadi.

Ularning nikohi Yugitaning sadoqati tufayli 40 yildan ortiq davom etadi. U erining yoshlikdagi ishlarini kechiradi va uch o‘g‘ilni dunyoga keltiradi.

Mithunning o‘g‘illaridan tashqari kenja qizi ham bor. 90 yillarning oxirlarida Mithun Chakraborti axlatxonaga tashlab ketilgan mana shu qizaloqni asrab oladi. Bu fojiali voqea uning hayotini tubdan o‘zgartiradi.

Yuragi rahm-shafqat va mehrga to‘la Mithun himoyasiz qizga baxtli hayot uchun yangi imkoniyat beradi.

O‘shnada Mithun Chakraborti televizor ko‘rayotganda dahshatli voqea uning e’tiborini tortadi. Xabarda aytilishicha, o‘tkinchi bir kishi axlat qutisidan ota-onasi tashlab ketgan kichkina qizchani topib olgan. Bola hayot va o‘lim yoqasida bo‘lib, kasalxonaga yotqiziladi.

Ertasi kuni ertalab Mithun Chakrabortining hashamatli mashinasi klinika eshigi oldida turardi. Mithun va uning rafiqasi kasalxonaga yetib kelishadi va bolani asrab olishga tayyor ekanliklarini e’lon qilishadi.

Qizaloqqa Dishani deb ism berishadi, u Chakraborti oilasining to‘liq a’zosiga aylanadi. Dishani oilada mehr-muhabbatni his qilib ulg‘ayadi. U uch akasidan ham ko‘proq erkalangan.

Dishanining oilasida his qilgan muhabbat kuchi uning kelajagini ishonch bilan qurishiga yordam beradi. U nafaqat Mithun Chakraborti va uning rafiqasi Yugita Balining qizi, balki mehribonlik tufayli kimningdir hayotini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkinligiga namuna ham bo‘ladi.

Mithunning o‘zi qizi haqidagi bu voqeani 2017 yilga kelibgina aytib beradi. Hozir Dishani 25 yoshda. U ota-onasining izidan borib, aktrisa bo‘lishga qaror qilgan.

Qiz so‘nggi bir necha yil ichida Los-Anjelesdagi Li Strasberg tomonidan asos solingan mashhur teatr institutini tamomladi. Hozirda u professional aktyorlik ma’lumotiga ega.

O‘qish davrida Dishani qisqa metrajli filmlarda bir nechta rollarni ijro etgan. Ulardan biri “Muqaddas tutun” filmini uning akasi — rejissyor Ushmi Chakraborti suratga olgan. Ko‘plab mashhur bolalardan farqli o‘laroq, Dishani hashamatli hayotga intilmaydi. U o‘zining sevimli itlari bilan vaqt o‘tkazishi, podkastlar tinglashi va kechqurun ovqat pishirishi mumkin bo‘lgan uyidagi qulaylikni afzal ko‘radi. Klublar va kechalar kundalik hayotining bir qismi emas.

Dishani iste’dodli aktrisa bo‘lish orzusiga intilmoqda, lekin ayni paytda oddiy va uy sharoitidagi mashg‘ulotlardan quvonch va rohat topadi. Kamtarona turmush tarzi uni o‘ziga xos qilib, ijtimoiy elita orasidan ajratib turadi.

Axlat qutisiga tashlab ketilgan qizni Hindistonda faqat bitta narsa kutardi: qashshoqlik, ochlik va uysiz hayot. Dishaniga omad kulib boqdi, unga mashhur oilaning a’zosi bo‘lish nasib etdi.

Dishani mehribon ota-onalar tomonidan o‘stirilgan nozik gulga o‘xshaydi. U mehribonlik, mehnatsevarlik, aql-zakovat va ajoyib go‘zallik namunasiga aylandi. U asrab olgan ota-onasining yuzini yerga qaratmadi. Ular qizi shunday ajoyib, olijanob inson bo‘lib yetishganidan faxrlanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mithun Chakraborti asrab olgan qizaloq hozirda qanday yashaydi?