Foto: Google Images
Ispaniyaning Futuro Vegetal ekologik tashkiloti faollari argentinalik futbolchi Lionel Messining Ibiza orolidagi uyi fasadiga bo‘yoq sepib ketishdi. Bu haqda tashkilotning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytilgan.
Futuro Vegetal vakillarining ta’kidlashicha, mazkur uy “futbolchi 11 million yevroga sotib olgan noqonuniy inshootdir”.
“Aholining eng boy 1 foizi eng kambag‘al uchdan ikki qismi kabi bir xil miqdordagi karbonat angidrid chiqindilariga javobgardir”, deyiladi ularning bayonotida.
Avvalroq Futuro Vegetal tarafdorlari Ispaniyada bir necha bor norozilik namoyishlari uyushtirgan. Ular poytaxt aeroporti ishiga xalaqit bergan, Madrid yo‘llarida transport harakatini to‘sib qo‘ygan, qirollik parlamenti binosiga bo‘yoq sepgan.
2022 yilda ikki faol Madriddagi Prado milliy muzeyida ispan rassomi Fransisko Goyyaning (1746-1828) kartinalari ramkalariga ham qo‘llarini yopishtirib olib, o‘z e’tirozlarini shu tariqa bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi