10:15 / 07.08.2024
130

Eron Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini so‘radi

Eron Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini so‘radi
Foto: DPA
Isroil bilan ehtimoliy mojaroga tayyorlanayotgan Eron Rossiyadan harbiy yordam, jumladan ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlarini so‘radi. Bu haqda The New York Times (NYT) yozdi.

Nashr eronlik ikki manbaga tayanmoqda, ulardan biri Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) vakili ekani ta’kidlanmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Moskva allaqachon Eronga radarlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun uskunalar yetkazib berishni boshlagan.

NYT bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi, sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Eronga tashrifidan keyin yozdi. 5 avgust kuni Shoygu Tehronda mamlakatning yangi prezidenti Masud Pezeshkiyon va Eron Bosh shtabi rahbari general Muhammad Boqiriy bilan uchrashdi. «Biz Eron bilan mintaqaviy masalalar bo‘yicha to‘liq hamkorlikka tayyormiz», dedi Shoygu.

The Jerusalem Post gazetasining yozishicha, AQSH yaqin 48 soat ichida Eronning Isroilga hujumini kutmoqda. Ba’zi boshqa manbalarga ko‘ra, Eron zarba berish uchun 12 yoki 13 avgustni tanlashi mumkin.

31 iyul kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi portlash oqibatida halok bo‘ldi. Eron qotillikda Isroilni aybladi va qasos olishga va’da berdi. Isroil vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.

5 avgust kuni Isroil agar Tehron hujumga tayyorlanayotganiga oid dalillarni oladigan bo‘lsa, Eronga ogohlantiruvchi zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini so‘radi