21:13 / 09.08.2024
13

Isroil HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirishga rozilik bildirdi

Isroil HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirishga rozilik bildirdi
Foto: Anadolu
Qatar, Misr hamda AQSH Isroil va HAMASni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga, isroillik asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi Isroil delegatsiyasi 15 avgust kuni muzokaralarga borishini ma’lum qildi.

Biz tomonlarni 15 avgust kuni Doha yoki Qohirada zudlik bilan muzokaralarni davom ettirishga chaqirib, qolgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hech qanday kechiktirishlarsiz kelishuvni amalga oshirishni boshlashga chaqirdik”, deyiladi davlatlaring qo‘shma bayonotida.

Vositachilar tomonlarni may oyi oxirida Jo Bayden taklif qilgan uch bosqichli reja asosida kelishuvga erishishga chaqirgan. Reja jangovar harakatlarni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqib ketish, shuningdek, anklavni urushdan keyin qayta tiklashni nazarda tutadi.

AQSH va vositachilarning taklifiga ko‘ra, 15 avgust kuni Isroil muzokarachilar delegatsiyasini tafsilotlarni yakunlash va asosiy kelishuvni amalga oshirish uchun belgilangan joyga yuboradi”, deyiladi Netanyaxu idorasi xabarida.

Isroil va HAMAS o‘rtasida isroillik asirlarni ozod qilish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bilvosita muzokaralar bir oydan ko‘proq davom etgan tanaffusdan so‘ng iyul oyida qayta boshlangan edi. Keyin Doha hamda Qohirada Isroil va vositachi davlatlar – Qatar va Misr delegatsiyalari o‘rtasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Ammo barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

“Hizbulloh” va HAMAS guruhlarining bir necha nufuzli a’zolari o‘ldirilganidan keyin Yaqin Sharqda mojaroning yangi bosqichi boshlandi. Isroil harbiylari “Hizbulloh” harbiy qo‘mondoni Fuad Shukrning yo‘q qilinganini e’lon qilgach, HAMAS rahbari Ismoil Haniyaga qarshi ikkinchi harakat boshlangan. U 31 iyulga o‘tar kechasi Erondagi qarorgohiga hujum uyushtirilishi oqibatida halok bo‘ldi. Eron rasmiylari bunda Isroilni aybladi. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy HAMAS yetakchisining o‘limi uchun “qattiq jazo” berilishini va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirishga rozilik bildirdi