00:30 / 11.08.2024
49

Eron yaqin muddatda Rossiyaga yuzlab ballistik raketalar yetkazib berishi mumkin

Eron yaqin muddatda Rossiyaga yuzlab ballistik raketalar yetkazib berishi mumkin
Foto: Reuters
Eron hukumati yaqin kunlarda Rossiyaga yuzlab ballistik raketalari yetkazib berishi mumkin. Bu haqda razvedka manbalariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hozirda Eronda o‘nlab rus harbiylari Tehron raketalarini ishga tushirish va boshqarish, yig‘ish borasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun o‘qitilmoqda. Erondan raketalar qabul qilinganda esa bu mutaxassislar nihoyatda zarur bo‘ladi.

Razvedka manbalari Eron Kremlga berishi kutilayotgan qurollar Fath-360 ballistik raketalari ekanini ko‘rsatgan. Reuters nashri ushbu ma’lumot nomi e’lon qilinmagan Yevropaning ikki razvedka agentligidan olinganini yozgan.

Fath-360 ballistik raketalari sun’iy yo‘ldosh orqali boshqariladigan qurollar turkumiga kiradi. Raketalar o‘rta masofaga uchuvchi jangovar vosita bo‘lib, asosan harbiy nishonlar va infratuzilmani yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa vazirligi vakillari o‘tgan yilning 13 dekabr kuni Tehronda Eron rasmiylari bilan uchrashib, harbiy kelishuvga erishgan. Ushbu kelishuvga muvofiq Fath-360 va yana bir qator muqobil raketalarni Eron hukumatiga qarashli Aerokosmik sanoat tashkiloti Kremlga yetkazib berishiga kelishilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Fath-360 raketasi 120 kilometr masofaga ucha oladi. U ,shuningdek, o‘zi bilan 150 kilogrammli jangovar kallakni ham ko‘tarib uchishi aytilgan.

AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashi Eron va Rossiyaning so‘nggi kelishuvini qat’iy qoralagan. Ushbu bitim amalga oshsa, Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘rilishidan ogohlantirilgan.

Agar Eron bunday harbiy o‘tkazmalar yuborishni olg‘a siljitsa, tezkor va qattiq javob berishga tayyormiz. Eron Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlashni, keskinlik kuchayishini istaydi. Bunga yo‘l qo‘yish mumkin emas”, deyiladi Oq uy matbuot kotibi bergan bayonotda.

Eron raketalarini Rossiyaga yetkazib berishni ko‘zda tutgan Abibal shartnomasi to‘liq tafsilotlari hozircha ma’lum emas. Ballistik raketalar qancha miqdorda va qachon yetkazib berilishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron yaqin muddatda Rossiyaga yuzlab ballistik raketalar yetkazib berishi mumkin