Foto: Reuters
HAMAS harakati Siyosiy byurosining avvalgi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilganidan so‘ng, uning o‘rniga saylangan Yahyo Sinvar Misr va Qatar vositachilari orqali Isroilga sulhni xohlayotgani haqidagi xabarni yetkazdi. Bu haqda CNN yozdi.
Telekanalning Isroildagi ikki manbasiga ko‘ra, bosh vazir Binyamin Netanyahu o‘zining hukmron koalitsiyasi uchun qanday oqibatlarga olib kelishidan qat’i nazar, kelishuvga tayyor. Ammo Isroil xavfsizlik xizmati vakillari koalitsiyadagi ba’zi o‘ta o‘ng vazirlarning qarshiliklarini hisobga olib, Netanyahu roziligiga shubha bilan qaramoqda.
Moliya vaziri Betsalel Smotrich kelishuvga qarshi chiqqanlardan biri bo‘lib, uni «taslim bo‘lish» deb atagan. Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham e’tiroz bildirgan.
CNN manbalaridan biri Netanyahu nima istayotganini «hech kim bilmasligini» aytdi. Shu bilan birga, AQSH rasmiylari Isroil rahbariyatiga mintaqaviy urushning oldini olish uchun o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishishni kutayotganini «aniq yetkazdi», dedi CNN manbasi.
HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya 31 iyulga o‘tar kechasi Tehrondagi mehmonxonada bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Isroil hukumati Haniya o‘limi uchun rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Haniya o‘limidan so‘ng Eron Isroil «barcha qizil chiziqlar»ni kesib o‘tganini aytdi va «tezkor va keskin» javob qaytarishga va’da berdi.
Shu bilan birga, AQSH, Misr va Qatar qo‘shma bayonotda HAMAS va Isroilni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv tuzishga chaqirdi. Vositachilarning aytishicha, tomonlar 15 avgust kuni muzokara olib borishini kutishmoqda. Isroil uchrashuvga rozi bo‘ldi, biroq HAMAS hozircha javob bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda