© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi muvaffaqiyatsizlikka aylanmoqda va jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu haqda britaniyalik tahlilchi Aleksandr Merkuris ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men Kurskdagi muvaffaqiyatsiz qarshi hujum ukrainaliklarga tashabbusni qaytarishga qanday imkon berishini umuman ko‘rmayapman, aksincha <...> barcha ma’lumotlar ruslar butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishda davom etishini ko‘rsatmoqda", — dedi u.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, barcha belgilar Ukraina Qurolli kuchlari operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlaganidan dalolat beradi. U bu tez orada barbod bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi, shu jumladan Kiyev rejimining aniq maqsadi ham yo‘qligi sababli.
"U (Ukraina - Tahrir) shuningdek, Rossiya shaharlariga, shu jumladan, Moskvaga ham dron hujumlarini amalga oshirmoqda, aytmoqchi, bu aslida bir muncha vaqt to‘xtagan", — deya xulosa qildi Merkuris. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)