13:57 / 12.08.2024
84

«Hizbulloh» Isroil shimoliga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi

«Hizbulloh» Isroil shimoliga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi
Foto: Videodan kadr
Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga «Katyusha» raketalari bilan zarba berdi.

Harakatning Telegramdagi bayonotida qayd etilishicha, harbiy bazaga zarba Isroil tomonining Livan janubini o‘qqa tutishiga javoban amalga oshirilgan.

Bayonotda mamlakat shimolidagi Gatun kazarmalarida joylashgan Isroil armiyasining 146-brigadasi «o‘nlab «Katyusha» raketalari bilan nishonga olingani» qayd etilgan.

Boshqa tomondan, hujumga izoh bergan Isroil Livanning janubidan Isroil shimolidagi Kabri tumaniga 30 ta «Katyusha» raketasi uchirilganini, qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Hizbulloh» Isroil shimoliga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi