258
Viktoriya Bekhem sarviqomat bo‘lish uchun 25 yildan beri har kuni bir xil taom iste’mol qiladi
Foto: People
Britaniyalik aktrisa va xonanda, Spice Girls guruhining sobiq a’zosi Viktoriya Bekhem o‘z odatlari va kun tartibiga qat’iy amal qiladigan va qomati haqida jiddiy qayg‘uradigan mashhurlardan. Atrofidagi dunyo qanchalik o‘zgarmasin, u doimo faqat baliq va sabzavotlarni iste’mol qiladi.
Devid Bekhem River Cafe Table 4 podkastida rafiqasining qariyb chorak asrdan beri amal qilib keladigan parhezi haqida so‘zlab berdi. Latofatli Bekhem xonim umrining roppa-rosa yarmi davomida faqat qovurilgan baliq hamda suv yoki bug‘da pishirilgan sabzavotlarni iste’mol qilib kelmoqda.
“Yodimda, Viktoriya faqatgina Harperga homilador bo‘lganida boshqa narsa tatib ko‘rgan, o‘sha kunni men hech qachon esdan chiqarmayman. Rafiqam aynan nima yegani esimda yo‘q, lekin farzandimiz tug‘ilgach, qaytib o‘sha yegulikni iste’mol qilmaganini bilaman”, dedi futbolchi.
Viktoriya Karolin Bekhem britaniyalik xonanda, qo‘shiqlar muallifi, raqqosa, model, aktrisa, moda dizayneri va tadbirkordir. U 1974 yil 17 aprelda Buyuk Britaniyaning Harlou shahrida tug‘ilgan.
1990 yillarning oxirida u Spice Girls pop guruhi a’zosi sifatida tanilgan. 2000 yilda u yakkaxon xonandalik karyerasini yaratdi. U Rock & Republic uchun djinsi shimlar modelini ishlab chiqdi va keyinchalik dVb Style brendi ostida to‘qimachilik kompaniyasini yo‘lga qo‘ydi, Victoria Beckham Style kosmetika brendiga asos soldi. Bundan tashqari, u ikkita besseller asarni yozdi: biri uning avtobiografiyasi, ikkinchisi moda olamiga bag‘ishlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”