Kollaj: “Daryo”
Ukraina Xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari Kursk viloyatida 102 nafar rossiyalik harbiyni asirga oldi. Bu haqda manbalarga tayanib, “24Kanal” xabar berdi.
Rossiyaliklar 14 avgust kuni asirga olingan. Ukraina kuchlari har tomondan betonlangan, to‘liq himoyalangan va mustahkamlangan rota tayanch punktini egallab, tozalash ishlarini olib borgan. Mazkur punktlar yerosti aloqalari, xodimlar uchun turar joy, oshxona, qurol-yarog‘ va hatto hammomga ega bo‘lgan.
“Dushman tomon taslim bo‘lmoqchi emas edi, oziq-ovqat va o‘q-dorilar ko‘p edi”, deydi Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manba.
Xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari Rossiya Qurolli kuchlarining 488-gvardiya motoo‘qchi polki va “Axmat” bo‘linmasining 102 nafar harbiy xizmatchisini asirga olganini tasdiqlagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi